Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining xabar berishicha, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 18 iyul kuni soat 19:20 da quturish kasalligiga gumon qilinib, 64 yoshli fuqaro erkak yotqizilgan.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaroni 2023 yil fevral oyida o‘zining iti chap oyoq boldir sohasini tishlagan. Biroq, bemor iyul oyigacha bo‘lgan vaqt davomida tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan.
Natijada bemor 19-iyul kuni soat 21:35 da vafot etgan. Shundan so'ng bemordan namuna olish uchun patologik anatomiya tekshiruviga jo‘natilgan. Bundan tashqari, marhumga jarohat yetkazgan itni boshqa fuqarolarga jarohat yetkazganligini o‘rganish va kasallikni oldini olish maqsadida marhum yashash manzilida guruh tashkil etildi.
Shuningdek, hozirda "Sanepid"ning 10 nafar xodimlari tomonidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


