1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda g‘alla o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Ular 5 tonnadan ziyod bug'doyni oʻgʻirlayotgan vaqtida ushlangan.

Sirdaryoda g‘alla o‘g‘rilari qo‘lga olindi

 

Sardoba tumanida gʻalla oʻgʻrilari qoʻlga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, "Gʻalla-2023" yigʻim-terimiga jalb qilingan, MJCHga qarashli “HOWO” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi MCHJning qoʻriqlash xizmati ishchisi bilan oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib korxonaga tegishli boʻlgan jami qiymati 17,3 mln soʻmlik 5 260 kg gʻalla mahsulotini yashirin tarzda oʻgʻirlayotgan vaqtida MCHJning masʼul ishchilari tomonidan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика