Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tashkil etilgan biotexnologiya industrial kompleksida ilk marta balandligi 3,5 metrga yetadigan texnik kannabis hosili yig‘ildi.
“2023-yilda texnik kannabis hosili O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tarixidagi mutlaqo yangi sahifaning boshlanishi. O‘tgan yili respublika hududida yetishtirilgan hosil 1,2 metr balandlikni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilga kelib uzunligi 3,5 metrga yetgani bizning yevropalik hamkorlarimizda ham katta taassurot qoldirdi”, – deydi kompaniya direktori.
Ma'lumot uchun, kannabis o‘simligining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri, uning 100 foiz qayta ishlanishida bo‘lib, bir qator xorijiy davlatlarda, xususan Fransiya, Ispaniya, Italiya, Ukraina va Rossiyada ushbu o‘simlikning ko‘plab navlari (shu jumladan, O‘zbekistonda ekilayotgan “Rodnik” navi ham) yaratilgan hamda ularni qishloq xo‘jaligi ekinlari sifatida ekib yetishtirishga ruxsat berilgan.


