1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

U Toshkentga olib kelinayotganda to‘xtatib qolingan.

Sirdaryoda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

 

Sirdaryo viloyatida isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanidagi YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.X. Isuzu rusumli yuk avtotransport vositasida fuqaro I.Yu.ga tegishli isteʼmolchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 941 kg qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgan vaqtda ushlanib, ushbu go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика