1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda mashina olib qochgan yigitlar Bo'kada IIB xodimini pichoq­ladi, yana bir YPX xodimini urib ketdi

Samarqanddan yo‘lovchi bo'lib chiqqan 18 yoshli ikki yigit Sirdaryoga kelgach, haydovchi hojatxonaga kirganida Cobalt’ni olib qochgan. To'sib ushlash rejasiga ko'ra, Bo'ka tumani hududida ularni to‘xtatgan IIB xodimini pichoqlab, Cobalt’ni qoldirgan va xodimning Matizini haydab ketishgan. Matiz yo'lini to'sgan YPX xodimini esa urib ketishgan.

Sirdaryoda mashina olib qochgan yigitlar Bo'kada IIB xodimini pichoq­ladi, yana bir YPX xodimini urib ketdi

2-avgust kuni ikki nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan o‘g‘irlangan avtomobil vositasida bir nechta hududda jinoyat sodir etildi. Voqea davomida Ichki ishlar organlari xodimlariga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan ikki nafar yigit Samarqand shahridan Naman­gan viloyatiga borish maqsadida yo‘lovchi sifatida Cobalt rusumli avtomobilga chiqqan. Sirdaryo viloyati hududida haydovchi qisqa muddatga avtomobildan chiqqan paytda, ular mashinani olib qochib ketgan.

 

Mazkur voqea yuzasidan 102 xizmatiga xabar kelib tushgach, tezkor choralar ko‘rilib, barcha YPX postlariga ogohlantirish yuborilgan. Biroq avtomobil davlat raqam belgisisiz harakatlanganligi bois aniqlash ishlari murakkablashgan.

 

Soat 04:24 da oq rangli, davlat raqamisiz Cobalt avtomobili Buka tumani hududidagi YPX postida to‘xtatilgan, biroq haydovchi hujjat tekshiruvidan so‘ng postdagi boshqa yo‘lak orqali mashinani boshqarib noma’lum tomonga ketgan.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, Buka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasining tezkor xodimi ushbu avtomobilni aniqlab, to‘xtatishga uringan. Shu paytda jinoyatchilardan biri unga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Ular Cobalt’ni hodisa joyida tashlab ketib, xodimga tegishli Matiz avtomobilini olib qochgan.

 

Jinoyatchilar Toshkent viloyati, Ohangaron tumaniga kirib kelganida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilmoqchi bo‘lgan, ammo ular to‘xtashga bo‘ysunmasdan, xizmat avtomobili bilan YPX xodimini urib yuborgan. Xodim oyoq qismidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Olib borilgan tezkor izlash harakatlari natijasida gumonlanuvchilar Ohangaron shahri hududida qo‘lga olindi.

 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Jinoyat kodeksining 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini o‘g‘irlash 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика