1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda MIB orqali bir oila yarashtirildi

Ota farzandi bilan ko‘rishish jarayonida oilasini tiklashga qaror qilgan.

Sirdaryoda MIB orqali bir oila yarashtirildi

Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi ish yurituvida voyaga yetmagan farzandlar taʼminoti bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha farzandiga aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan otalar borligi hech kimga sir emas.

 

Biroq aksariyat holatlarda farzand taʼminoti uchun alimentni vaqtida, baʼzi holatlarda oldindan to‘lab, otalik burchiga masʼuliyat bilan yondashadiganlarni tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, aliment pulini to‘lash bilan cheklanmasdan, farzand tarbiyasida o‘ta muhim hisoblangan ota mehrini ulashadigan, farzandi bilan ko‘rishishni intizorlik bilan kutadigan otalar borligi barchani quvontiradi.

 

Bolani otasi bilan ko‘rishtirish kabi ijro harakatlari jarayoni byuro xodimlarini ham quvontirib, ko‘p holatlarda bunday jarayonlar oila yarashishi va tiklanishiga olib kelishi barchamizni xursand qiladi.

 

Shu o‘rinda, farzand taʼminoti va tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashib, kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalarga Byuro xodimlari o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика