Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar S.M. va A.J. fuqaro R.M.Ning ishonchiga kirib, uni go‘yo yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 6 000 AQSH dollari evaziga Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilishib, shundan 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Javohirbek TURSUNOV


