Sirdaryoda soliqdan qarzdor fermerning mashinasi xatlandi

Hozirda uni auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryoda soliqdan qarzdor fermerning mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limi tomonidan, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi qarorlariga asosan qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 59 mln so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi 8 ta ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan.

 

Ijro hujjatlari talabini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qarzdor rasman ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Biroq, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli “Volswagen” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Hozirda mazkur avtotransport vositasini baholatib, auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика