1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sirdaryoda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etdi

Taʼkidlanishicha, avariyaga yo‘lning torligi, shuningdek, haydovchi uxlab qolgani sabab yuzaga kelgan.

Sirdaryoda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etdi

 

 

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir haydovchi vafot etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, 23 iyul kuni soat 06:00 M-34 avtomobil yo‘lining tuman hududidan kesib o‘tuvchi 75-kilometrida Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga kelib urilgan. Oqibatda yuk mashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, haydovchi esa voqea joyida vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, avariyaga yo‘lning torligi, shuningdek, haydovchi uxlab qolgani sabab yuzaga kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика