1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryodagi mebel korxonasi rahbari Toshkentdagi chinor daraxtlarini kestirgani ma'lum bo‘ldi

Ikkita chinorning kesilishi oqibatida tabiatga 204 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Sirdaryodagi mebel korxonasi rahbari Toshkentdagi chinor daraxtlarini kestirgani ma'lum bo‘ldi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Toshkent shahar Yunusobod tumanida Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani aniqlangan.

 

Oqibatda tabiatga 204 mln 105 ming so'm zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni ko'rish maqsadida tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика