1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sirdaryoga bir milliondan ortiq baliq chaqalari qo‘yib yuborildi

Baliqlar Sirdayoning O`zbekiston hududidan taxminan 40 km uzoqlikdagi Xo‘jand shahridan oqib o‘tuvchi qismiga qo`yib yuborilgan.

Sirdaryoga bir milliondan ortiq baliq chaqalari qo‘yib yuborildi

 

"Asia-Plus" xabariga ko‘ra, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Sug‘d viloyatiga tashrif buyurib, Xo‘jandda baliqchilik tarmog‘i bilan tanishdi.

 

Shuningdek, u yerda davlat rahbari Sirdaryoga bir million baliq chavog‘ini qo‘yib yuborgaan. Ular maxsus suv havzalarida yetishtirilgan oq amur, oq do‘ngbosh va zog‘orabaliq ekani aytilmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, Sug‘d viloyatida 63 ta baliqchilik xo‘jaligi ro‘yxatga olingan bo‘lib, baliq yetishtirish uchun mo‘ljallangan suv havzalarining umumiy maydoni 685 gektarni tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика