1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryolik erkak o‘g‘lidan aliment talab qildi

Ota mol-mulkini farzandi nomiga o‘tkazib bergan.

Sirdaryolik erkak o‘g‘lidan aliment talab qildi

Maʼlum bo‘lishicha, Guliston tuman sudiga uch nafar farzandning otasi 26 yoshli to‘ng‘ich farzandidan aliment talab qilib daʼvo arizasi kiritgan. Erkak turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan yashamasligi, sog‘lig‘i yomonlashganini aytgan.

 

Aniqlanishicha, ota o‘zining mol-mulkini 26 yoshli o‘g‘lining nomiga o‘tkazib bergan. U moddiy tomondan qiynalib qolganini, farzandi unga yordam bermayotganidan shikoyat qilgan.

 

Sud majlisida ota farzandiga bergan uy va do‘konlarni qaytarib bersa, alimentdan voz kechishini aytgan. Lekin o‘g‘il bunga rozi bo‘lmagan.

 

O‘rganishlar davomida sud otaning daʼvosini rad etgan. Sababi o‘g‘il I gurux nogironi bo‘lgan ukasi va voyaga yetmagan singlisining moddiy taʼminoti uchun masʼulligi aniqlangan.

 

Maʼlumot uchun, ota-onaning farzandlaridan aliment undirish huquqi Konstitutsiyaning 66-moddasi bilan belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Oila kodeksining 109 moddasida ham bu haqda keltirib o‘tilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика