1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoning 5 ta tumanida elektr uzilishi kuzatilmoqda

Vazirlik Sirdaryo IESda nosozlik yuz berganini maʼlum qildi.

Sirdaryoning 5 ta tumanida elektr uzilishi kuzatilmoqda

 

Bugun, 30 aprel kuni Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada nosozlik yuzaga keldi. Buning natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Yangiyer va Xovos tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu hududlardagi referendum uchastkalar dizel generatorlari bilan taʼminlangan bo‘lib, ularning elektr taʼminotida uzilish kuzatilmagan.

 

Mavjud yetishmayotgan quvvatlar Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalari va “Chorvoq” gidroelektr stansiyasining zaxira quvvatlari hisobidan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

 

Hozirda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

“Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va hududlarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика