1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Skandinaviyada har ikkinchi reys bekor qilindi

Bunga uchuvchilarni ish tashlashi sabab bo‘lgan.

Skandinaviyada har ikkinchi reys bekor qilindi

 

«Skandinaviya havo yo‘llari» aviakompaniyasining 900 dan ortiq uchuvchisi rahbariyat bilan 8 oy davom etgan muzokaralar muhim natijalarga olib kelmaganidan so‘ng o‘z ishlarini to‘xtatdi. Ularning asosiy talabi — maoshni 30 foizga oshirish

 

Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada har ikkinchi reys bekor qilingan.

 

Kompaniya rahbariyati norozilik namoyishlar “jiddiy” moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelganini, SAS aksiyalari 8 foizga tushib ketganini maʼlum qildi.

 

Ayni paytda Fransiya va Ispaniya aeroportlarida norozilik namoyishlar davom etmoqda.

 

Air France aviakompaniyasi Ruassi – «Sharl de Goll» aeroportida yuklarni saralash tizimiga taʼsir ko‘rsatgan ommaviy norozilik namoyishlar tufayli yuki kechikkan 17 ming yo‘lovchidan uzr so‘radi.

 

Ispaniyada bortprovodniklar easyJet va Ryanair aviakompaniyalari rahbariyati o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaymoqda.

 

Kasaba uyushmalari yozgi taʼtil oldidan aviakompaniyalarga bosimni kuchaytirish niyatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика