1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sobiq amaldor AQSH  harbiy imkoniyatini past baholadi

AQSHning Rossiya va Xitoy bilan urushda g‘alaba qozonish imkoniyati kam. Bu haqda “National Interest” maʼlum qildi.

Sobiq amaldor AQSH  harbiy imkoniyatini past baholadi

 

 

AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha sobiq yordamchisi Aaron Mitchel “National Interest” jurnalida AQSHning ehtimoliy urushda g‘alaba qilish imkoniyatini past baholadi. 

 

“Vashington amalda Yevroosiyo resurslarining yarmini tasarruf etayotgan armiyalar bilan jang qilishga majbur bo‘ladi. Bu urush Amerika qurolli kuchlarini nafaqat zo‘riqtirishi, hatto, to‘liq izdan chiqarishi mumkin”, — degan Mitchel.

 

U, shuningdek, AQSHning asosiy vazifasi Xitoy va Rossiya bilan ikki frontda urushga yo‘l qo‘ymaslik ekanini aytgan. Siyosatshunos 2018 yildan boshlab Vashington milliy strategiyasi eng katta raqib — Xitoy bilan urushga qaratilganini qayd etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSH mudofaa vaziri sobiq yordamchisi Elbrij Kolbi Xitoy bilan urushga tayyor turishga chaqirgan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика