Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt markazida joylashgan sobiq “Toshkent” mehmonxonasi, hozirgi Lotte City Hotel Tashkent Palace binosi buzilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi ushbu ma’lumotlarni rasman rad etdi.
Hokimlik vakili Gulnoza Qosimova Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda mehmonxona ma’muriyatiga tayanib, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida mehmonxona xodimlari ishdan bo‘shatilgani haqidagi da’volar ham tasdiqlanmadi.
Poytaxt hokimligi sobiq “Toshkent” mehmonxonasi buzilmasligini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, ushbu mehmonxona mashhur me’morlar Mithat Bulatov va Leonid Karash tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, o‘z vaqtida yuqori martabali mehmonlar va delegatsiyalarni qabul qilish uchun qurilgan. U Toshkentdagi suzish havzasiga ega bo‘lgan ilk mehmonxonalardan biri hisoblanadi.


