Toshkent davlat pedagogika universiteti sobiq dekan o‘rinbosari B.Y. sud hukmi ustidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat bergan. Bu haqda uning qarindoshlaridan biri ma‘lum qildi. Sud shikoyatni qabul qilib olgani va belgilangan muddatda javob berilishi aytilmoqda.
Toshkent shahar sudlarining ma‘lumot berishicha, B.Y.ga o‘z xonasida talaba qizga tegajog‘lik qilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Shuningdek manfaatdor shaxslarga mulkiy undiruv masalasida fuqarolik sud ish yurituvi tartibida murojaat qilish lozimligi aytilib. mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgandi.


