1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Sobiq “zamdekan”ga jazo tayinlandi

11:06 / 07.06.2022

1.2k

Sobiq “zamdekan”ga jazo tayinlandi

Sobiq “zamdekan”ga jazo tayinlandi

Toshkent shahar sudlari o‘tgan yilning oktyabrida Nizomiy nomidagi TDPUda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan maʼlumot berdi.

2021-yilning oktyabr oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional taʼlim fakulteti binosidagi voqea bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar sudlari maʼlumot berdi.

 

Joriy yilning 7-aprelida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan B. Y. (1984-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanganligi va ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismiga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rilishi maʼlum qilingan edi.

 

Bugun, sudlanuvchi B. Y. ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni o‘z nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.

 

Eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra, B. Y. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun assolar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi.

 

B. Y. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil-koloniyalarda o‘tattirilishi belgilandi.

 

Shuningdek manfaatdor shaxslarga mulkiy undiruv masalasida fuqarolik sud ish yurituvi tartibida murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.

 

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика