Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o‘stirilgani, soqoli olinmagani uchun o‘quvchilarning ota-onasi go‘yoki jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB poytaxtda uzunroq soch qo‘ygan o‘quvchining ota-onasi 1,5 million so‘m jarimaga tortilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
«Mazkur holat haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi», deyiladi IIB xabarida.
Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.


