1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sog‘liqni saqlash, taʼlim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda

Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Senatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida bo‘lib o‘tmoqda.

Sog‘liqni saqlash, taʼlim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda

 

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy va hududiy kengashlari aʼzolari, vazirlik va idoralar, NNT, ommaviy axborot vositalari rahbar hamda xodimlari ishtirok etyapti.

 

Senat raisi Tanzila Narbayevaga ko‘ra, 2021 yilda bank sohasi xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar 3 barobarga oshgan. Xususan, 2021 yilda Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakatimiz 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 ta mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi va 5 yil ichida muhim o‘zgarishlarga erishgan davlatlar qatoridan joy oldi.

 

Majlis yakunida Milliy kengashning tegishli qarori qabul qilindi va 2022-2023 yillarda sog‘liqni saqlash, qurilish, oliy taʼlim hamda davlat xaridlari tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yangi "yo‘l xaritalari" tasdiqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика