1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga mukofot puli beriladi

Tartib hukumat qarori bilan belgilab qo‘yildi.

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga mukofot puli beriladi

 

«Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, O‘zbekiston va chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar qiymatining 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytariladi.

 

Korporativ karta orqali xizmatlar sotib olingan hollarda, soliq organlarining maxsus mobil ilovasida chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda jismoniy shaxslarning bank kartasi raqami ko‘rsatiladi. Quyidagi cheklar soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

 

  • berilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgan cheklar;
  • avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar;
  • avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari;
  • shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari.

 

Jismoniy shaxs tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymati bir qismining qaytarib olinishi ushbu jismoniy shaxsning jami daromadiga kiritilmaydi. Shuningdek, qaror bilan Maxsuc dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini to‘lash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Bir martalik pul mukofoti soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20 foizi miqdorida belgilanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика