1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Soliq kodeksiga yer solig‘iga doir o‘zgartirishlar kiritilmoqda

O‘zgartishlar aholi va tadbirkorlarga yengillik beradi.

Soliq kodeksiga yer solig‘iga doir o‘zgartirishlar kiritilmoqda

 

Soliq kodeksiga oshirilgan yer solig‘i stavkalarini bekor qiluvchi hamda elektrotexnika korxonalariga soliq imtiyozlari beruvchi o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda yangi qonun loyihasida so‘z boradi.

 

Yangi qonun loyihasi amaldagi Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi:

 

1. Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi.

2. Shuningdek, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ining oshirilgan stavkasi qo‘llanilishi to‘xtatib turiladi.

3. Shu bilan birga, elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini rivojlantirish maqsadida, vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilmoqda.

 

Qonun ishlab chiqaruvchilari ushbu kiritilayotgan o‘zgarishlar Respublika soliq tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash hamda aholini qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning mulkiy huquqini himoya qilish uchun xizmat qilishaga ishonch bildirishmoqda.

 

Yangi qonun loyihasining to‘liq matni bilan batafsil Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida tanishish mumkin. Uning muhokamasi 8 dekabrga qadar davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика