Somali janubida yo‘lga o‘rnatilgan qo‘lbola bombaning portlashi oqibatida kamida 10 nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash vaqtida armiya karvoni Balad va Jovhar shaharlari orasidagi shosse bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.
Hodisada bir necha kishi jarohatlangan, ularning soni hozircha aniqmas. Rasmiylar hujumda “Ash-Shabob” terrorchilik guruhini ayblamoqda. Ammo guruhning o‘zi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi 2 ta elektr uzatish ustuni portlatilgani va buning oqibatida mamlakatning 11 ta hududi elektr tokisiz qolgani xabar qilingandi.


