1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

So‘mni yoqib sigaret tutatgan xorijliklarning har biri 41,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Holat bo‘yicha sud qarori chiqarilib, xorijlik ishchilar bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

So‘mni yoqib sigaret tutatgan xorijliklarning har biri 41,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Sirdaryoda O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mni yoqib, undan sigaret tutatishda foydalangan Xitoy fuqarolariga nisbatan sud hukmi chiqarildi.

 

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, viloyat ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida mazkur holat aniqlangan hamda unga aloqador xorijiy fuqarolarning shaxsi belgilangan.

 

Aniqlangan holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-3-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, chiqarilgan qarorga muvofiq, aybdor shaxslarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida, ya’ni 41 million 200 ming so‘m jarima jazosi tayinladi.

 

Sud jarayoni davomida xorijiy fuqarolardan biri o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirib, O‘zbekiston xalqidan uzr so‘ragan.

 

Shuningdek, mazkur hodisadan so‘ng ish beruvchi tashkilot tomonidan xorijlik ishchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bir tomonlama bekor qilingani ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика