Britaniya va Germaniya astronomlari jamoasi Somon yo‘lida barcha maʼlum neytron yulduzlaridan og‘irroq va eng yengil qora tuynukdan yengilroq bo‘lgan nomaʼlum yangi obyektni topdilar.
Ushbu obyekt millisekundlik pulsar (aylanish davri 1 dan 10 millisekundgacha bo‘lgan pulsar) atrofida aylanadi va bizdan 40 000 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
Obyektni kashf etgan Manchester universiteti va Myunxendagi Maks Plank instituti tadqiqotchilari taxminicha, bu bu Eynshteynning nisbiylik nazariyasining yana bir bor tekshirib, qor tuynukga yangi tushuncha shakllantirishga yordam beradigan pulsar va qora tuynukning ilk ikkilik tizimi.
"Pulsar-qora tuynuk tizimi tortishish nazariyasining muhim sinovidir va og‘ir neytron yulduzi yadro fizikasiga juda yuqori zichlikdagi jarayonlar haqida yangi tushunchalar beradi", - dedi Manchester universiteti astrofizigi, professor Ben Stappers.


