1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

So‘nggi 4 yilda shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlatimiz rahbari sohadagi muammolarni ko‘rsatib o‘tdi.

So‘nggi 4 yilda shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlangani va ekoqo‘mita raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Bu yo‘nalishga masʼul bo‘lgan Ekologiya qo‘mitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.


 So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi.

 

Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Bundan tashqari, hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish bo‘yicha reja qilingan 62 ta loyihadan bor-yo‘g‘i 15 tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farg‘onadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga yetkazilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика