«Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik.
Misol uchun, 2017-yilda kam taʼminlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda.
Ajratilayotgan mablag‘lar esa, 7 baravar ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetdi.
Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.
Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Oxirgi olti yilda, mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurdik.
Bu davrda, qo‘shimcha 500 ming o‘quv́chi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi.
Hozirgi vaqtda, yana 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda», — Prezident.
So‘nggi olti yilda avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurildi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlament va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.


