Koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lishi tahdidi saqlanib qolmoqda, bu esa СOVID-19 tufayli kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining keskin oshishiga olib keladi. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida bosh direktor Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, СOVID-19 ning yangi varianti xavfi saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, “yangi patogenning paydo bo‘lishi yana-da xavfliroqdir”.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari dunyo mamlakatlarini sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish sohasidagi ishlarni faollashtirishga chaqirib, yangi pandemiya yuzaga kelgan taqdirda “qatʼiy, jamoaviy va adolatli” javob berish zarurligini taʼkidladi.
Avvalroq Tinch okeanidagi orol davlati Tokela hukumati СOVID-19 bilan kasallanishning birinchi holati aniqlanganidan keyin karantin eʼlon qilgani maʼlum bo‘lgandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiya manbasini aniqlay olmasligini aytdi, shuning uchun butun Tokelauda sanitariya cheklovlari qo‘llaniladi.


