1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Soxta dalolatnoma bilan o‘qishga “grant”ga kirgan 25 kishi aniqlandi

Buning ortidan davlatga 650 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Soxta dalolatnoma bilan o‘qishga “grant”ga kirgan 25 kishi aniqlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mazkur hududda uch yildan ortiq yashagan shaxslar OTMda davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qaror ijrosi bo‘yicha Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida o‘rganish o‘tkazdi.


O‘rganishlar davomida Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududida joylashgan “Yo‘lchilar”, “Ko‘kpatas” va “Ko‘kayaz” MFYlarida uch yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ushbu mahallalarda yashaganligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib bergani va 25 nafar fuqaro OTMga davlat granti asosida o‘qishga kirgani aniqlangan.


Ushbu talabalarning grant asosida o‘qishi uchun amalda 650 mln so‘m byudjet mablag‘lari sarflangan va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика