Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.M. o‘z uyida yashirin ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, “Rolton” brendi ostida isteʼmolchilarning sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotni qo‘lbola usulda ishlab chiqarib, qadoqlab sotish uchun tayyorlab qo‘yganligi aniqlandi. Mazkur xonadondan 464 dona qadoqlangan “Rolton”, 68 kilogramm sariq va 7,49 kilogramm qizil rangli kukunlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, “Rolton” mahsuloti huquqiy egasi “M.F.” kompaniyasining maʼlumotiga ko‘ra, fuqaro X.M. tomonidan ishlab chiqarilgan “Rolton” mahsuloti qalbaki ekani, olingan kukunlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmagani, qadoqlangan paketlardagi kod raqamlari ham qalbakiligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 186-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


