O'zbekiston

So'z ustasi Mamasidiq Sherayev vafot etdi

 

Kulgu qiroli deb tan olgan, so‘z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikchilik san’ati markazi asoschisi, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq 77 yoshida vafot etdi

 

So'z ustasi 1999-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan, 2021-yil Do‘stlik ordeni sohibi bo'lgan.

 

1972-1975-yil - Sirdaryo musiqali teatrida 2-tofali aktyor, 1975-1977-yil - Farg‘ona o‘zbek teatrida drama artisti,1979-1986-yil - “Nurxon” xalq teatrida rejissyor,1986-1987-yil - Toshloq tuman Madaniyat bo‘limida badiiy rahbar, 1987-1993-yil - Farg‘ona shahar “Neftchi” klubida kinooperator, 2006-2016-yil - “Muhammasidiq askiyasi” xususiy korxona rahbari, 2016-2020-yil- Marg‘ilon shahar Madaniyat bo‘limida to‘garak rahbari lavozimlarida ishlagan.

 

Shuningdek, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish