1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

SpaceX Ukraina bayrog‘ini koinotga olib chiqadi

Astronavtlar bayroqni koinotdagi “hali zolimlar qo‘li yetmaydigan” joyga yetkazmoqchi.

SpaceX Ukraina bayrog‘ini koinotga olib chiqadi

 

"Polaris Dawn" dasturi doirasida orbitaga yuborilayotgan Amerikaning SpaceX kompaniyasi ekipaji o‘zlari bilan Ukraina bayrog‘ini koinotga olib chiqadi. Bu haqda  Twitter’dagi Polaris sahifasida ma’lum qilindi. 

 

"Biz Ukraina va uning jasur fuqarolarini, shuningdek, butun dunyo bo'ylab ozodlik uchun kurashayotgan barchani qo'llab-quvvatlaymiz. "Polaris Dawn" ekipaji bu bayroqni koinotdagi hali zolimlar qo'li yetmaydigan joyga olib chiqadi", - deyiladi xabarda.

 

OAV maʼlumotlariga koʻra, SpaceX Inspiration4 ekipaji qoʻmondoni, amerikalik tadbirkor va astronavt Jared Isaakman  urush boshlanganidan soʻng Ukraina harbiylariga AQShdan shaxsan yordam olib kelgan.

 

Avvalroq mashhur Simpsonlar animatsion seriali ijodkorlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan edi. Multfilm qahramonlari mamlakat bayrog'ini ko‘tardi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика