1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

“Sputnik V” bilan emlanganlarda antitanachalar saqlanish miqdori maʼlum bo‘ldi

Tadqiqotda ko‘ngilli ravishda 602 kishi ishtirok etgan.

“Sputnik V” bilan emlanganlarda antitanachalar saqlanish miqdori maʼlum bo‘ldi

 

“The Lancet”  ilmiy jurnalida argentinalik olimlarning mazkur vaksina taʼsirida paydo bo‘lgan antitanachalarning uzoq muddatli tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalari eʼlon qilindi.

 

Kuzatuvlarga ko‘ra, 6 oy  davomida “Sputnik V”  emlanganlarning 31 foizida COVID-19'ga  qarshi immunitet  antitanachalar saqlanib qolgan. Shuningdek, tadqiqot doirasida olimlar Rossiyaning “Sputnik V”  vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan Tukuman shahri aholisini kuzatganlar.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, antitanachalarning yetarli darajasi emlanganlarning juda kam foizida aniqlangan.

 

Tajribada qatnashganlarning deyarli 66 % i avval emlanmagan. Vaksina bilan emlangach, ulardan faqat 25 foizida yengil nojo‘ya taʼsirlar qayd etilgan. Virusga qarshi  antitanachalar birinchi dozadan keyin ko‘ngilli emlanganlarning 48 foizida, ikkinchi dozadan keyin esa 97,6 foizida aniqlangan.

 

Shu bilan birga, 2 oydan keyin antitanachalar darajasi pasayishni boshlagan, ammo 94 foiz emlanuvchida 3 oygacha yo‘qolmagan.

 

Keyingi o‘rinlarda 6 oy o‘tib, ko‘ngilli emlanganlarning tanasida  koronavirusga qarshi immun antitanachalar maʼlum miqdorda saqlanib qolgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olganligi hamda O‘zbekistonda “Sputnik V”  vaksinasi ishlab chiqarilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика