Prezidentning tegishli farmoni bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shunga ko'ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajyor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.
Ta'kidlanishicha, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajyor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
Shuningdek, vazirlikning buyrug'i bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.


