1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sudan Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Bu qaror mamlakatda ro‘y berayotgan siyosiy notinch vaziyat bilan bog‘liq.

Sudan Bosh vaziri iste’foga chiqdi

 

Sudandagi notinch siyosiy vaziyat fonida mamlakat Bosh vaziri Abdulla Hamduk iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews.com xabar qilmoqda. 

 

Siyosatchiga ko‘ra, so‘nggi bir oy davomida o‘tish davri rahbariyatida jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan.

 

Hamduk 2019-yil avgustdan beri Sudan hukumatini boshqarib kelgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida harbiylar vazirlar mahkamasi rahbarini hibsga olib, hukumatni iste’foga chiqarib, buni fuqarolar urushining oldini olish zarurati bilan izohlagan edi. Ammo bu qaror aholining ommaviy noroziligiga sabab bo‘ldi va noyabr oyining oxirida Hamduk yana vazirlar mahkamasiga boshchilik qildi. 


Biroq muxolif kuchlar bu murosani harbiy to‘ntarishni qonuniylashtirish yo‘li deb hisobladi va noroziliklar to‘xtamadi.


Avvalroq Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili kasalxonadan qomoqxonaga qaytarilgani xabar qilingandi.

 

Nasiba To'xtayeva 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика