1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sudanda 72 soat o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olindi

Bu haqda Entoni Blinken maʼlum qildi.

Sudanda 72 soat o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olindi

 

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuchlari 72 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini maʼlum qildi.

 

“Ikki kun davom etgan qizg‘in muzokaralardan so‘ng Sudan Qurolli Kuchlari va Tezkor harakat kuchlari butun mamlakat bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. U 24 aprel kuni yarim tunda boshlanadi va 72 soat davom etadi”, — dedi Blinken.

 

Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha avval ham bir necha bor urinishlar bo‘lgan, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsiz tugagan.

 

Hukumat qo‘shinlari va Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi mojaro 15 aprel kuni Sudan armiyasi Xartum janubidagi RRF bo‘linmalariga hujum qilganidan keyin boshlangandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика