Sudan janubidagi Moviy Nil provinsiyasida etnik xalqlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 65 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.
Tibbiyot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati yoshlar. Shuningdek, 150 ga yaqin odam jarohat olgan.
Viloyatda to‘qnashuvlar o‘tgan hafta mahalliy fermer o‘ldirilganidan keyin boshlangan. Sudan hukumati tartibni tiklash uchun mintaqaga harbiylashtirilgan tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlarini yuborgan. Rasmiylar, shuningdek, komendantlik soati joriy etib, zo‘ravonliklar sodir bo‘lgan viloyat ommaviy yig‘ilishlarni taqiqladi.
Hududda to‘qnashuvlar boshlanganidan beri minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketgani haqida xabarlar ham bor.


