1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima ikki baravarga kamaytirilmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima ikki baravarga kamaytirilmoqda

 

 

Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabariga ko‘raqonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda. 

 

 

Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.

 

Maʼlum qilinishicha, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. 

 

Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.

 

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun jarima miqdorini 735 ming so‘m, yil davomida takroriy sodir etilgan taqdirda 1,225 mln so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda.

 

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ham qabul qilindi.

 

Avvalroq hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani, Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilingani hamda O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика