1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Sulsher "Bavariya"ga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Klub Tuxelni ishdan bo'shatmoqchi.

Sulsher "Bavariya"ga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lishi mumkin

 

Ole-Gunnar Sulsher " Bavariya"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Myunxen klubi agar rahbariyat Tomas Tuxelni 2023/2024-yilgi mavsum yakuniga qadar ishdan bo'shatish to'g'risida qaror qabul qilsa, "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozini jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida ko'rib chiqmoqda.

 

"Bavariya" sport direktori Kristof Freund bir necha yillardan beri 50 yoshli norvegiyalik mutaxassisni shaxsan kuzatib kelayotganini aytgan. Tuxel o'tgan yilning mart oyidan beri "Bavariya"ni boshqarib kelmoqda. U 2022/2023-yilgi mavsumda Myunxen klubi bilan Bundesligada g'olib chiqqan.

 

Avvalroq “Bavariya” bosh murabbiyi lavozimida asosiy maqsad Zinedin Zidan ekanligi va klub fransiyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqani haqida xabar berilgan edi. Ammo tez orada ma'lumot rad etildi.

 

22-turdan so'ng "Bavariya" 50 ochko bilan Bundesligada ikkinchi o'rinda bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика