1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Sumkamda bomba bor” deb hazillashgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda jazolandi

Olmaota aeroportida 18 yoshli yigitning nojo‘ya hazili uchun unga 78 ming tenge jarima belgilandi.

“Sumkamda bomba bor” deb hazillashgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda jazolandi

Qozog‘istonning Olmaota xalqaro aeroportida o‘zbekistonlik 18 yoshli yigitning nojo‘ya hazili jiddiy oqibatlarga olib keldi. U ro‘yxatdan o‘tish vaqtida xodimlarning “sumkangizda nima bor?” degan savoliga “atom bombasi” deya javob qaytargan.

 

Mazkur holat jamoat tartibini buzish sifatida baholandi va yigit mayda bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 78 640 tenge (taxminan 1,8 mln so‘m) jarima to‘laydi.

 

Qozog‘iston Transport polisiya boshqarmasi yil boshidan buyon turli huquqbuzarliklar sabab 900 dan ortiq yo‘lovchi poyezd va samolyotlardan tushirilganini ma’lum qildi. Ulardan 489 nafari temiryo‘l, 411 nafari esa aviaqatnovlarda aniqlangan.

 

Politsiya bunday xatti-harakatlar nafaqat jamoat tartibini buzishi, balki xavfsizlikka jiddiy tahdid sifatida ham baholanishini ta’kidlab, fuqarolarni hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика