1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sunak Ukrainaga berilayotgan harbiy yordamning nizoga taʼsirini bilmoqchi

Bosh vazirning harakatlari ayrim amaldorlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Sunak Ukrainaga berilayotgan harbiy yordamning nizoga taʼsirini bilmoqchi

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga berilayotgan harbiy yordamning qurolli mojaroga taʼsirini baholashni so‘ragan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Telekanal suhbatdoshlaridan biri bosh vazirning bu harakatlaridan xavfsiragan. Uning fikricha, urush hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bir paytda tekshiruv o‘tkazish “o‘ta ehtiyotkor yo‘l” hisoblanadi. Suhbatdoshlardan yana biri buni Sunak oldin ishlagan “Goldman Sachs”dagi hisob-kitob hisobotiga o‘xshatgan. Tekshiruv nizo qay darajada ketayotgani va unda Britaniya harbiy yordamining rolini aniqlashga qaratilgani aytilmoqda.

 

BBC maʼlumotlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiyning Londonning xavotirlaridan xabari bor va Sunakni yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolishga chaqirgan.

 

Buyuk Britaniya hukumati rahbari ushbu harakatlari orqali AQSH Prezidenti Jozef Baydenning eskalatsiyani kuchaytirmaslik bo‘yicha siyosatini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика