1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Sunʼiy intellekt favqulodda vaziyatlardan ogohlantirmoqda

Platforma real vaqt rejimida hudud haqidagi ma‘lumotlarni to‘plashi va tahlil qilishi aytilmoqda.

Sunʼiy intellekt favqulodda vaziyatlardan ogohlantirmoqda

 

Amerika fizika instituti olimlari tomonidan sunami haqida oldindan ogohlantiruvchi tizim ishlab chiqildi. Unda signallar sunʼiy intellekt yordamida qayta ishlangan

 

Yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, sun‘iy intellektga asoslangan dastur ehtimoliy suv toshqinidan besh kun oldin suvning qaysi darajaga ko‘tarilishi, uning tarqalish tezligi va yo‘nalishini aniqlashga qodir.

 

Sunami nihoyatda halokatli bo‘lib, ular qirg‘oq infratuzilmasini vayron qilishi va odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday tabiiy ofatlardan erta ogohlantirish qiyin.

 

Platforma real vaqt rejimida hudud haqidagi ma‘lumotlarni to‘plash va tahlil qilish orqali kutilayotgan suv toshqini zonalarining grafik tasvirini beradi. Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot mumkin bo‘lgan zararni kamaytirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarning samaradorligini oldindan baholashga qodir. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, platforma muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilishga yordam beradi, shuningdek, tashkilotlarga tabiiy ofat boshlanishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi, bu esa salbiy oqibatlarni minimallashtiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика