1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Supermarket xaridorlari bilan karantinga olindi

Xaridorlar rastalar orasida uxlashga majbur bo‘lgan.

Supermarket xaridorlari bilan karantinga olindi

 

Xitoyda supermarket barcha xaridorlari bilan karantinga olingan. Gap shundaki, supermarket xaridorlaridan birida koronavirus aniqlangan.

 

Karantinga olingan odamlar do‘kondagi rastalar orasida qutilar ustida yotishga va o‘sha yerda ovqatlanishga majbur bo‘lgan.

 

Oldin ham Xitoyda ofis xodimlari shunday holatga tushgan: ular bir kishining COVID-19 testi ijobiy natija bergani tufayli ish joyida karantinga olingan.

 

Ayni paytda Xitoyda Olimpiya o‘yinlari o‘tayotgani tufayli qatʼiy cheklov qoidalari amal qilmoqda.

 

Mamlakat “nol Covid” siyosatini tanlagan, shu tufayli zararlanganlar bilan muloqotda bo‘lganlar majburan maxsus observatoriyaga jo‘natiladi.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика