Suriya prezidenti Bashar Asad Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif bilan bordi.
Abu Dabi aeroportida uni prezident Shayx Muhammad bin Zaid Ol Nahayon kutib oldi.
Qayd etilishicha, Suriya delegatsiyasi tarkibida bir qator vazirlar, shuningdek, Suriyaning Abu Dabidagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili bor. Tashrifning qolgan tafsilotlari hali maʼlum qilingani yo‘q.


