1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya Prezidenti Moskvaga kutilmagan tashrif bilan keldi

Suriya rahbari Moskvaga ogohlantirilmagan tashrif bilan keldi.

Suriya Prezidenti Moskvaga kutilmagan tashrif bilan keldi

 

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Asadni Suriya prezidentligi saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi (2021-yil 26-mayda o‘tkazilgan saylovlarda Bashar Asad g‘alaba qozongan). Putin, shuningdek, Damashq bilan bevosita bog‘liq asosiy muammolarga to‘xtalgan.

 

Unga ko‘ra, mamlakatning baʼzi nuqtalarida xalqaro huquqqa zid ravishda turgan xorijiy qo‘shinlar Suriya uchun katta muammoni vujudga keltirgan. O‘z navbatida Asad bir necha yil avval boshlangan siyosiy jarayonlar to‘xtab qolganini qayd etgan.

 

“Siyosiy muloqot o‘tkazilishiga qarshilik qiladigan ayrim davlatlar bor”, — degan Suriya  Prezidenti. Bashar Asad mamlakatga qarshi joriy qilingan sanksiyalar ham taraqqiyotga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini alohida taʼkidlagan.

 

Putin terrorizmga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar haqida gapirgan. Rossiya rahbari Suriyada terrorchilarga qattiq zarba berilgani, hukumat mamlakatning 90 foizini nazorat qilayotganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga ayrim joylarda terrorizm o‘choqlari hamon saqlanib qolmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Suriyaning Idlib shahrida keskinlik kuchaydi. 11-sentabr kuni bu yerda Turkiyaning ikki askari halok bo‘lgan. Idlib Rossiya va Turkiyaning Suriyada manfaatlari to‘qnashgan hudud hisoblanadi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика