AFP agentligi Suriya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Suriya va Isroil 2025 yil oxiriga qadar harbiy va xavfsizlik sohalarida bir qator kelishuvlar imzolashi kutilmoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda oldinga siljish kuzatilgan va yil yakunlanguncha kelishuvlar rasmiylashtirilishi mumkin.
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa ham bu jarayon haqida fikr bildirib, kelishuv mamlakat havo hududi xavfsizligi va hududiy yaxlitligini o‘z ichiga olishi zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, u AQSHning bu jarayonda bosim ko‘rsatmaganini, balki vositachilik qilganini qayd etdi.


