Suriya va Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq diplomatik munosabatlarni uzganidan so‘ng, o‘z elchixonalari faoliyatini tiklash va davlatlar o‘rtasida havo qatnovini tiklash niyatida. Bu haqda Suriya Tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdodning Saudiyaga tashrifi yakunlari bo‘yicha eʼlon qilindi.
Bu 2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri birinchi marta mamlakat TIV rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi bo‘ldi.
Muzokaralarda tomonlar “Suriya inqirozini har tomonlama siyosiy tartibga solishga erishish, Suriyaning arab davlatlari ittifoqiga qaytishiga hissa qo‘shish” uchun zarur bo‘lgan qadamlarni muhokama qildi. Vazirlar, shuningdek, Suriyaga gumanitar yordam yetkazib berish va suriyalik qochqinlarni qaytarishga ko‘maklashish masalalarini ham muhokama qildi.


