Suriyada Bashar Asad hokimiyati tugaganining bir yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar o'tkazildi.
Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi deydi oxu.az nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada “Ozodlik kuni” deb nomlangan sanani nishonlash uchun mamlakatning turli hududlarida aholi markaziy ko‘cha va maydonlarga chiqishgan.
Asosiy bayramlar Damashqdagi Umaviylar maydonida bo‘lib o‘tdi, minglab fuqarolar ertalabdan boshlab hududga to‘plandi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan Mezze shossesida harbiy parad tashkil etilib, aholiga san’atkorlar chiqishlari, feyerverklar va turli jamoatchilik tadbirlari taqdim etildi. Xuddi shunday tadbirlar Aleppo va boshqa yirik-kichik shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi.
Damashqda Umaviylar masjidida bomdod namozidan so‘ng Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa mamlakatdagi Baas partiyasi diktaturasi qulaganining bir yilligi munosabati bilan nutq so‘zladi. Prezident bir yil muqaddam Suriya poytaxtiga harbiy kiyimda kirganini eslab, o‘sha paytdagi inqilob xotiralarini yodga oldi.
Nutq davomida davlat rahbari suriyaliklar adolatsizlikdan xoli bo‘lgan yangi davr boshlanishi, mamlakat boshidan kechirgan og‘ir davr yakunlanganini ta’kidladi. Shu birinchi daqiqalarda boshdan kechirgan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini xalq bilan bo‘lishdi.
Rasmiylarning ta'kidlashicha, ko'plab aholi uchun yubiley siyosiy o'zgarishlar boshlanishi, qochqinlarning qaytishi va infratuzilmaning bosqichma-bosqich tiklanishi ramziga aylandi.
Eslatib o'tamiz, bir yil oldin Ahmad ash-Sharaa Suriyaning eski prezidenti Bashar Asad hukumatini ag'darib mamlakatni egallagan edi. Hozirgi vaqtda Bashar Asad Rossiyadan qo'nim topgan. Unga hozir Rossiya hukumati tomonidan siyosatda faoliyat yuritish va omma oldiga chiqish taqiqlangan. Ammo uning o'g'li o'zining ijtimoiy tarmog'ida Moskvadagi universitetda doktorlik ishini qilayotganini aytib chiqdi.


