1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriyada zilzila vaqtida 20 nafar mahbus qamoqdan qochdi

Ular ISHID jangarilari ekani maʼlum qilindi.

Suriyada zilzila vaqtida 20 nafar mahbus qamoqdan qochdi

 

Zilziladan so‘ng Suriyaning Raju shahridagi qamoqxonadan kamida 20 kishi qochib ketdi. "Ular ISHID terroristik tashkiloti jangarilari. Bu haqda “France 24” telekanali xabar bermoqda.

 

“Zilziladan so‘ng mahbuslar tartibsizlik ko‘tarib, qamoqxonaning bir qismini nazorat ostiga olishdi. 20 ga yaqin kishi qochib ketdi... ISHID jangarilari ekanligi taxmin qilinmoqda”, — dedi qamoqxona rasmiysi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli silkinishlar natijasida qamoqxona devorlari yorilib ketgan.

 

Qayd etilishicha, Turkiya chegarasi yaqinidagi qamoqxonada 2000 ga yaqin mahbus saqlanmoqda, ulardan 1300 nafari ISHIDga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика