1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashayotgan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrida tug'ilgan 22 yoshli o'zbekistonlik yigit Turkiyaga borib, terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushib qolgan.

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashayotgan shaxs aniqlandi

 

Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan O'zbekiston fuqarosining shaxsiga aniqlik kiritildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2001-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan T. M, Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-Gʻuroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushib qolgan.

 

Natijada u aylanma yoʻllar orqali Suriyaga oʻtib, ushbu tashkilot safiga qoʻshilgani, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика